← NGC Platforma

Akkaunt va ma’lumotlarni o‘chirish

Yangilangan sana: 6-sentabr, 2026-yil

Ushbu sahifada Platforma — NGC Platforma, Kompaniya esa “NOBLEMAN GLOBAL CONSULTING” MChJ degani.

Platforma orqali o‘chirish

  1. Telegram’dagi NGC Platformani oching.
  2. ⚙️ Sozlamalar bo‘limiga kiring.
  3. 🗑 Akkaunt va ma’lumotlarni o‘chirish tugmasini bosing.
  4. Ko‘rsatilgan ogohlantirishni o‘qib, o‘chirishni tasdiqlang.

Bu amal qaytarib bo‘lmaydi. Yangi hisob bilan qaytadan foydalanish uchun profil va ma’lumotlarni qayta kiritish kerak bo‘ladi.

Nimalar o‘chiriladi

Tasdiqlangach, Platformaning faol bazasidan quyidagilar o‘chiriladi:

Gmail ulanishi

Akkaunt o‘chirilganda Gmail ulanish qaydi va lokal tokenlar o‘chiriladi hamda Google tokenini bekor qilishga so‘rov yuboriladi. Bu Gmail pochta qutingizdagi xatlar, ish beruvchi xatlari yoki Telegram’dagi avvalgi chat xabarlarini o‘chirmaydi; ular tegishli xizmatlarda qoladi.

Zaxira nusxalari va texnik jurnallar

Operatsion ma’lumotlar bazasi zaxira nusxalarida ma’lumot 30 kungacha qolishi, undan keyin avtomatik o‘chirilishi mumkin. Xavfsizlik va nosozlikni aniqlash uchun cheklangan texnik jurnallar qisqaroq muddat saqlanishi mumkin.

Yordam kerak bo‘lsa

Platformadagi tugmadan foydalana olmasangiz, Biz bilan bog‘laning. Murojaatda Telegram ID yoki bog‘langan akkaunt ma’lumotini yozing; Kompaniya hisob egasini aniqlash uchun qo‘shimcha ma’lumot so‘rashi mumkin.