← NGC Platforma

Google va Gmail ma’lumotlaridan foydalanish

Yangilangan sana: 6-sentabr, 2026-yil

Platforma — NGC Platforma; Kompaniya — “NOBLEMAN GLOBAL CONSULTING” MChJ.

Gmail ulanishi ixtiyoriy

Platforma Gmail parolingizni so‘ramaydi, ko‘rmaydi va saqlamaydi. Gmail faqat siz Google OAuth ruxsat oynasida aniq rozilik berganingizdan keyin ulanadi. Ruxsat berishdan oldin Platforma Gmail funksiyasi va AI yordamchisi bo‘yicha alohida ichki bildirishnoma ko‘rsatadi.

Qanday ma’lumotlardan foydalaniladi

Gmail ruxsati quyidagi foydalanuvchiga ko‘rinadigan funksiyalar uchun ishlatiladi:

Platforma umumiy Gmail inboxingizni skan qilmaydi, qidirmaydi va yig‘maydi. U faqat yuqoridagi ariza zanjirlariga tegishli xabarlar bilan ishlaydi.

AI va administratorga ulash

Tarjima, tahlil yoki javob tavsiyasi uchun tegishli ish beruvchi xabari va zarur ariza konteksti vazifaga hamda xizmat mavjudligiga qarab OpenAI, Groq yoki Google Gemini’ga yuborilishi mumkin. Bu faqat siz Gmail funksiyasiga rozilik bergan va Platformada ko‘rinadigan foydalanuvchi funksiyasini bajarish uchun amalga oshiriladi; ma’lumot umumiy maqsadli modelni o‘qitish uchun ishlatilmaydi.

Administrator yoki Platforma owneri kompaniya yuborgan reply emailni avtomatik ko‘ra olmaydi. Siz Platformada aniq o‘sha xabarni administrator/owner bilan ulashga ruxsat bergan tugmani bossangizgina ular xabar matnini ko‘rishi mumkin. Bunday ruxsat bo‘lmasa, ular xabarni ko‘ra olmaydi; siz esa javobni o‘zingiz yoki AI tavsiyasi yordamida tayyorlashingiz mumkin.

Saqlash, xavfsizlik va uzish

OAuth access va refresh tokenlari saqlashdan oldin Fernet usulida shifrlanadi. Gmailni Platformadagi ⚙️ Sozlamalar bo‘limidan istalgan payt uzishingiz mumkin. Uzilganda lokal token va ulanish qaydi o‘chiriladi hamda Google tokenini bekor qilishga so‘rov yuboriladi.

Kompaniya Google foydalanuvchi ma’lumotlarini sotmaydi, reklama uchun ishlatmaydi va Google API Services User Data Policy, jumladan Limited Use talablariga amal qiladi.

Gmaildan olingan ma’lumotlar faqat shu sahifada va Maxfiylik siyosatida bayon qilingan foydalanuvchi funksiyalarini taqdim etish uchun ishlatiladi.

Ma’lumotlarni o‘chirish va savollar

Gmail ulanishini uzish yoki barcha ma’lumotlarni o‘chirish tartibi uchun Akkaunt va ma’lumotlarni o‘chirish sahifasini ko‘ring. Savol bo‘lsa, Biz bilan bog‘laning.